16-YUZYILLIK TURKISTON TARIXINI O‘RGANISHDA USMONLI ARXIV HUJJATLARINING O‘RNI

Authors

  • Abdullajon Usmonov Soxibjon o‘g‘li O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti ORCID. https.//orcid.org/0009-0004-9129-483X Email. abdullajonusmonov0@gmail.com Author

DOI:

https://doi.org/10.66343/hfmsh178

Keywords:

Usmonli arxiv hujjatlari, Muhimma daftarlari, Xatti humoyun, devoniy, riqo, Usmoniylar, Shayboniylar, Safaviylar, Sulton Sulaymon, Abdullaxon.

Abstract

Tarix fanida manbashunoslikning asosiy tayanchi bo‘lgan arxiv hujjatlarining ahamiyati beqiyosdir. Zero, ular orqali davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga oid eng ishonchli ma’lumotlarni olish mumkin. Ayniqsa, chet el arxivlarida saqlanayotgan Turkiston tarixiga oid hujjatlarni ilmiy muomalaga kiritish bugungi o‘zbek tarixshunosligi oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda Turkiston tarixiga aloqador bo‘lgan boy hujjatlar Rossiya, Turkiya, Germaniya, Britaniya kabi yirik davlatlar arxivlarida saqlanmoqda. Ular ichida Turkiyadagi Usmonli arxivi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u Turkiya Davlat arxivlari boshqarmasi huzuridagi eng yirik manba markazlaridan biridir. Unda Usmonli imperiyasining ilk davrlaridan to uning qulashigacha bo‘lgan siyosiy-diplomatik bitimlar, shartnomalar, davlat daftarlarining turli ko‘rinishlari va boshqa turli hujjatlar jamlangan. Ushbu arxiv materiallari nafaqat Usmonli imperiyasining o‘z tarixini yoritish, balki uning Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston hududlari bilan bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, diniy va madaniy aloqalarini o‘rganishda ham muhim manba vazifasini o‘taydi. Usmonli hujjatlarining tadqiq etilishi Turkiston tarixining yangi qirralarini ochishga, balki o‘zbek xalqining Onado‘li va Yaqin Sharq bilan aloqalarini yanada kengroq yoritishga xizmat qiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Başbakanlik Osmanli Arşivi Rehberi. İstanbul. 2010, S. XXVII

2. Belgelerle Türkiye-Özbekistan ilişkileri. İstanbul 2022, s. 65

3. BOA, 1-muhimma daftari 471-hujjat

4. BOA, 7-DVN 9-hujjat

5. BOA, 7-muhimma daftari 667-hujjat

6. BOA, 7-muhimma daftari 748-hujjat

7. BOA, 21-muhimma daftari 465-hujjat

8. BOA, 21-muhimma daftari 716-hujjat

9. BOA, 25-muhimma daftari 2562-hujjat

10. BOA, 32-muhimma daftari 403-hujjat

11. BOA, 32-muhimma daftari 664-hujjat

12. BOA, 38-muhimma daftari 324-hujjat

13. BOA, 44-muhimma daftari 131-hujjat

14. BOA, 47-muhimma daftari 337-hujjat

15. BOA, 48-muhimma daftari 282-hujjat

16. BOA, 60-muhimma daftari 271-hujjat

17. BOA, 62-muhimma daftari 231-hujjat

18. BOA, 62-muhimma daftari 233-hujjat

19. Muhammadyor ibn Arab Qatag‘on. Musaxxir al-bilod. T., 2009. 263-bet

20. Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. Т. 1969. 10-11-betlar

Published

2026-05-20

How to Cite

16-YUZYILLIK TURKISTON TARIXINI O‘RGANISHDA USMONLI ARXIV HUJJATLARINING O‘RNI. (2026). Conferences, 2(6), 100-107. https://doi.org/10.66343/hfmsh178
Indexed & Abstracted In

Our articles are indexed and discoverable across leading academic databases worldwide