TALABA YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY XAVOTIRNING GENDER XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.66343/7n6nwx20Keywords:
ijtimoiy xavotir, gender xususiyatlari, talaba yoshlar, emotsional holat, psixologik moslashuv, shaxslararo munosabat, ijtimoiy psixologiya.Abstract
Mazkur maqolada talaba yoshlar orasida ijtimoiy xavotirning gender xususiyatlari psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Ijtimoiy xavotir shaxsning boshqa insonlar tomonidan baholanishidan qo‘rqishi, tanqid yoki rad etilish ehtimoli tufayli yuzaga keladigan emotsional-psixologik holat sifatida talqin etiladi. Tadqiqot davomida talabalarning ijtimoiy xavotir darajasi psixologik metodlar yordamida o‘rganildi hamda erkak va ayol talabalar o‘rtasidagi farqlar aniqlashga harakat qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy xavotir darajasi ayol talabalarda erkak talabalarga nisbatan yuqoriroq darajada namoyon bo‘ladi. Bu holat emotsional sezgirlik darajasi, ijtimoiy stereotiplarning ta’siri hamda shaxslararo munosabatlarga nisbatan yuqori sezgirlik bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish hamda talabalarda ijtimoiy moslashuv jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Downloads
References
1. https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5175/5347.
2. Крылова, Н.Б. Формирование культуры будущего специалиста [Текст]: метод, пособие / Н.Б. Крылова. - М.: Высш. шк., 2010. - 142 с.
3. “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnali, 2023-yil 12-son, 405-406-betlar.
4. American Psychiatric Association. Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders (DSM-5). – Washington, DC: APA, 2013.
5. Stefan G. Hofmann, Patricia M. DiBartolo. Social Anxiety: Clinical, Developmental, and Social Perspectives. – 2nd ed. – London: Academic Press, 2014.
6. Mark R. Leary, Robin M. Kowalski. Social Anxiety. – New York: Guilford Press, 2016.
7. World Health Organization. Mental Health Action Plan 2013–2020. – Geneva: WHO, 2013.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Talaba yoshlar psixologik salomatligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar. – Toshkent, 2020.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Ruhiy salomatlikni mustahkamlash va psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar. – Toshkent, 2021.
10. Sh. Sodiqov. Talaba yoshlar psixologiyasi va ijtimoiy moslashuv muammolari. – Toshkent: Fan, 2018.
11. N. Jo‘rayev. Ta’lim jarayonida shaxslararo munosabatlar va psixologik omillar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.



















